O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash,
tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash,
tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil
25-oktabrdagi 234-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat
tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori
(250 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-261-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 38-son, 329-modda)
Dostları ilə paylaş: