Umumiy qoidalar


-modda. Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

250-modda. Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan
foydalanish qoidalarini buzish
Portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini saqlash,
hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, jo‘natish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha
og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(250-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli
“Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda
tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
,
“Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va
ularni hisobga olish to‘g‘risida”gi 
yo‘riqnoma
(ro‘yxat raqami: 1491, 08.07.2005-y.), “O‘zbekiston
Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish” 
qoidalari
(ro‘yxat
raqami: 1492, 08.07.2005-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l
transportida tashish” 
qoidalari
 (ro‘yxat raqami: 1493, 08.07.2005-y.).
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin