bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(265-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining
IX bobi
(“Xalqaro parvozlar”).
266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport
vositalari harakati yoki
ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(266-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
muayyan
huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(266-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi
832-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(266-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi
832-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati
qoidalari
”, O‘zbekiston avtomobil va daryo
transporti agentligi boshlig‘ining 2014-yil 22-apreldagi 22-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
“Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha yo‘l-
yo‘riqlar berish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom
”.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori
6 — 13
,
17
,
19
,
20
,
22
,
24
,
26
,
28-
bandlari
.
Dostları ilə paylaş: