b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib;
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan sodir
etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li
bilan sodir etilgan
bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(267-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”
qarori
.
268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish
Yo‘lovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yo‘l
harakatining
boshqa qatnashchilari tomonidan,
ushbu Kodeksning
261-263
,
265
yoki
266-moddalarida
nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini
yoki barcha turdagi
transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(268-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati
qoidalari
”.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
6 — 8
,
10
va
11-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: