Umumiy qoidalar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

XI bob. Jazo tayinlash
54-modda. Jazo tayinlashning umumiy asoslari
Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga
tortiladi. Sud ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda
tutilgan moddasida belgilangan doirada 
Umumiy qismning 
qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi.
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini,
qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda
jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.


 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi
qarorining 
28-bandi
.
55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki
jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik
sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli
vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir
etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq
bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir
etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham
yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
7-
bandi
.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida jinoyat tarkibining
zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin