57-modda. Yengilroq jazo tayinlash Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni
e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks
Maxsus qismining
moddasida nazarda tutilgan
mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada
nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks
Maxsus qismining
moddasida qo‘llanilishi
shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi, aybining
shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va
undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar
deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 37 — 39 , 42-bandlari . Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 57 -modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash (57 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining
“a”
va
“b”
bandlarida nazarda tutilgan jazoni
yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining
birinchi qismida
nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki
miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning
uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda
qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-moddaning
uchinchi
qismi
) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(57 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 18-maydagi O‘RQ-245-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 147-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1 1 1