57 -modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha tayinlanadigan jazoning
muddati yoki miqdori ushbu Kodeks
Maxsus qismining
tegishli moddasida (qismida) nazarda
tutilgan eng ko‘p jazoning yarmidan oshmasligi kerak.
(57 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son) 58-modda. Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash Sud tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy
asoslariga amal qilgan holda jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining
darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.
Oldingi tahrirga qarang. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun
jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda
tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan;
Oldingi tahrirga qarang. b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek
quyidagilar bilan:
javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik
ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy
usulda qondirish bilan;
voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish,
reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi
shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan
shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan;
voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil
etish yoki saqlash bilan;
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol
yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv
materiallarni kontrabanda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda
qo‘llanilmaydi.
(58-modda ikkinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ- 829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) Oldingi tahrirga qarang. Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
tayinlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14- noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining birinchi xatboshisi . (58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning
jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining
shaxsiga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu
ishtirokchining o‘ziga jazo tayinlashda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining VII bobi (“Jinoyatda ishtirokchilik”), 55 va 56- moddalari . 2 2