Umumiy qoidalar


-modda. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

61-modda. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Har xil turdagi asosiy jazolarni qo‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga jo‘natishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga to‘g‘ri keladi.
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum
qilish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikni cheklash, xizmat bo‘yicha cheklash, axloq tuzatish
ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qo‘shilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.
(61-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish
qoidalari
Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog‘ining har
bir kunini:
a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo‘natishning, ozodlikdan mahrum qilishning
bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda
ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash
miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin