Umumiy qoidalar


-modda. Jazo muddatlarini hisoblash



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash,
qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi
jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qo‘shish
vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin.
(63-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi.
(63-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
BEShINChI BO‘LIM
JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISh
XII bob. Javobgarlikdan ozod qilishning turlari
64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan
jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil;
b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil;
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil;
g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs
javobgarlikdan ozod qilinadi.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga
kirgan kungacha hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan
yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini bo‘yniga olib arz qilgan
kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi.
Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan
muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi uziladi. Bunday
holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa,
bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan
kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil
o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(64-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini
tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish
muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish


muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga
ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
(64-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 
150 — 157-moddalarida
,
158-moddasining 
birinchi qismida
, 159-moddasining 
uchinchi
 va 
to‘rtinchi qismlarida

160

161
 va
244 -moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(64-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 
1-
bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-
noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
8-bandi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin