Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi
axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki
ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi
to‘rtinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining
uchinchi qismi
va
164-
moddasi
.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini o‘tab
bo‘lganlaridan keyin ushbu Kodeksning
73-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga binoan
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida
yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq jazo tayinlaydi.
(74-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
536-moddasi
, “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining
ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
472 — 480-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: