22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
82-modda. Jarima Oldingi tahrirga qarang. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda
tayinlanadi.
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 12 , 15 , 16 , 17-bandlari . Oldingi tahrirga qarang. Mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan
jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy
jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari
tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi
jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari
tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539-moddasi , 542-moddasining uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 30 , 32 , 32 -moddalari . Oldingi tahrirga qarang.