Umumiy qoidalar


-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash
muddatlarini hisoblash
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va
qo‘shimcha jazolar o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod
qilingan yoxud jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati muddatidan
ilgari ozod qilingan yoki yengilrog‘i bilan almashtirilgan jazoning amalda o‘tab bo‘lingan
qismidan hisoblanadi.
Agar ushbu Kodeksning 
44

46-moddalari 
asosida hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni sud
boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o‘tab bo‘lingan
yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat
sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan
jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy
va qo‘shimcha) jazoni amalda o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi.
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-
sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
7 — 10-bandalri
.
OLTINChI BO‘LIM
VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI
XV bob. Jazo va uni tayinlash

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin