Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

89-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga,
ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qo‘llanilishi mumkin.
(89-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning 
birinchi
qismida 
ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va
o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining 
uchinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo
muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa,
tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va 
164-
moddasi
.
(89-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilgan shaxs jazoning
o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu
Kodeksning 
60 
va 
86-moddalarida 
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
 LexUZ sharhi


Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 
472 — 480-
bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin