Oldingi
tahrirga qarang.
Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini
muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga
suiqasd qilish darajasiga yetkazish, –
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot
tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-
sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi
qarori
.
(103-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: