l) bezorilik oqibatida;
m) diniy taassublar zamirida;
Oldingi
tahrirga qarang.
n) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish yoki murdaning
qismlaridan foydalanish
maqsadida;
(97-modda ikkinchi qismining “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi
O‘RQ-780-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-
son)
o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh
manfaatlarini ko‘zlagan holda;
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
s) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan
mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli
tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi
haqida”gi qarorining
8
va
9-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-
noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni
buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining
12-bandi
.
(97-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Dostları ilə paylaş: