22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq
bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish
o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz
qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(109-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 52-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan
muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan
muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish ushbu
Kodeksning
126 -moddasida
nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa —
(109-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208- son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(109-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27- iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 13-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi .