22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish Oldingi tahrirga qarang. Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning
104-
moddasida
nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni
kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy
mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan
badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish ushbu Kodeksning
126 -moddasida
nazarda tutilgan
jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa —
(105-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208- son) Oldingi tahrirga qarang. uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(105-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga nisbatan;
g) o‘ta shafqatsizlik bilan;
d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
e) tamagirlik niyatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini
ko‘zlab;
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
104-moddasida
nazarda tutilgan
qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning
97-
moddasida
nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang. l) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
(105-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “l” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5- noyabrdagi O‘RQ-645-sonli Qonuniga asosan “l” va “m” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son) Oldingi tahrirga qarang. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(105-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi 1
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27- iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3- bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9- sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi .