Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
d) tamagirlik niyatida;
e) bezorilik oqibatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
Oldingi
tahrirga qarang.
i) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida;
(104-modda ikkinchi qismining “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi
O‘RQ-780-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
k) bir guruh shaxslar tomonidan;
l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
(104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-
noyabrdagi O‘RQ-645-sonli
Qonuniga
asosan “k” va “l” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
97-moddasida
nazarda tutilgan
tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab
sodir etilgan
bo‘lsa;
d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-
iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga
oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining