Umumiy qoidalar


XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
87-modda. Majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod
qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs,
agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini
e’tiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa,
javobgarlikdan ozod qilinib, ish bolalar masalalari bo‘yicha komissiyada ko‘rishga topshirilishi
mumkin.
(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 
3-
bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda
tutilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta
bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning 
birinchi
qismida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan
majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
564-moddasi
.
(87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi
O‘RQ-10-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa va
sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, sud jazo o‘rniga majburlov
chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin