a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash;
Oldingi
tahrirga qarang.
b) o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki
mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan
zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan oshib ketmagan bo‘lsa
qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;
(88-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining
uchinchi qismi
va
34-
bobi
(“Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash”).
Oldingi
tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida bo‘lish muddati va
shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(88-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining
5-bobi
(“Voyaga yetmaganni
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tartibi”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son “Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya to‘g‘risidagi
nizomni va Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
hamda tuman (shahar) komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
.
Dostları ilə paylaş: