hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir
etsa, muddatlarning o‘tishi uziladi. Bunday holda muddatlarning o‘tishini hisoblash yangi jinoyat
sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa,
jazoni ijro etish
mumkin emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan
shaxsga nisbatan muddatlar
o‘tishini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar o‘tishini qo‘llashni
lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan
mahrum qilish bilan
almashtiriladi.
(69-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan
muddatlar ushbu Kodeksning
150 — 157-moddalarida
,
158-moddasining
birinchi qismida
, 159-moddasining
uchinchi
va
to‘rtinchi qismlarida
,
160
,
161
va
244 -moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm
qilingan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
(69-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining
2-
bandi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-
noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining
ikkinchi
va
uchinchi xatboshilari
.
Dostları ilə paylaş: