Umumiy qoidalar


-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni
jazodan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi yoki
shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy
xavfliligini yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 
3-
bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-
sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
13 -bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
71-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan
jazodan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir
etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol
yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi
mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh
yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning
tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo‘lsa,
basharti u og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, sud
tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
2
1


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 
6-
bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-
sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
13 -bandi
.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat
sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda sud tomonidan jazodan
ozod qilinishi lozim.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli 
Qonuni
tahririda
— O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin