Umumiy qoidalar


VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
141-modda. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan qat’i
nazar, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga
bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(141-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(141-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining 
ikkinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
141 -modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish
Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy
jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(141 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 31-moddasining 
uchinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
46 -moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
2002-yil 12 dekbardagi 439-II-son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
13-
moddasi
.
O‘sha harakatlar:
a) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa;
b) g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;
v) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(141 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1
1
1
1


(141 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin