Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

140-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash,
basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot
vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish
orqali haqorat qilish —
(140-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi
O‘RQ-658-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan
qilingan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan
jazolanadi.


(140-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi
O‘RQ-658-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-
son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-
iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini
himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
uchinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin