Umumiy qoidalar


 -modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

148 -modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi
to‘g‘risidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon
yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
148 -modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan
hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
(148 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi
O‘RQ-673-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-
son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(148 va 148 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli
Qonuniga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son
— 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan
hollar mustasno, ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(148 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi O‘RQ-826-sonli 
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin