Umumiy qoidalar


-modda. Vijdon erkinligini buzish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

145-modda. Vijdon erkinligini buzish
Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(145-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning
ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini
bajarishlariga to‘sqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish bilan yoxud
shaxsning sha’ni va obro‘sini kamsituvchi chora-tadbirlar qo‘llash bilan yoki diniy ta’lim olishda
hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda,
diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini
belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar
o‘tkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa,

Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan
besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(145-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
35-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son 
Qonuni
.
(145-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son 
Qonuniga
asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-
modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin