Umumiy qoidalar


-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish
(146-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy
partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlar
yoki saylov yoxud referendum komissiyalari a’zolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish,
saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar
kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblash —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(146-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi
Qonunining 
43-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 
103-moddasi
.
147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga
to‘sqinlik qilish
Fuqarolarning deputat yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish,
saylovoldi targ‘iboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga,
shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash
yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(147-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
36
va 
128-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 
43-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 
103-moddasi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin