Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

155-modda. Terrorizm
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy
yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy
vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni,
ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga
yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka
xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi —
(155-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-
405-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir
ko‘rsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to‘sqinlik qilish maqsadida davlat yoki
jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning
hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning 
birinchi 
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan
mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
(155-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar
berish yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari
amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida
jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunining 
2

28

29-
moddalari
.
(155-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin