Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

154-modda. Yollanish
Yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan
yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech
qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan
shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat
hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun
yollanishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yollanma shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish,
xuddi shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
154 -modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya
organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya,
harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(154 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya,
harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
1
1
1


(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuniga 
asosan 154 -
modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga
qarshi kurash to‘g‘risida 
Xalqaro Konvensiya
” (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 555-I-son “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan
foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyaga qo‘shilish
haqida”gi 
qaroriga 
asosan qo‘shilgan).

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin