154-modda. Yollanish Yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan
yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech
qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan
shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat
hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun
yollanishi —
Oldingi tahrirga qarang. besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Oldingi tahrirga qarang. Yollanma shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish,
xuddi shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. 154 -modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya,
harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(154 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya,
harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi —
Oldingi tahrirga qarang. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ- 389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) 1 1 1
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan 154 - modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) LexUZ sharhi Qarang: “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risida Xalqaro Konvensiya ” (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 555-I-son “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan).