Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Xalqaro qurolli nizolar qurbonlarini himoya qilishga oid 1949-
yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyasiga
qo‘shimcha protokol
”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
1993-yil 3-sentabrdagi 946-XII-son “Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi
hamda Xalqaro va xalqaro xaraktyerga ega bo‘lmagan qurolli nizolar qurbonlarini himoya qilish
to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasiga Qo‘shimcha protokolga qo‘shilish haqida”gi
qarori
.
153-modda. Genotsid
Genotsid, ya’ni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab, bir guruh shaxsning jismonan
to‘la yoki qisman qirilib ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish,
bunday
shaxslarni jismonan to‘la yoki qisman qirib yuborish, bola tug‘ilishini zo‘rlik bilan kamaytirish yoxud
bolalarni ana shu odamlar guruhidan olib,
boshqasiga topshirish, shuningdek,
bunday harakatlar
sodir etish to‘g‘risida buyruq berish —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(153-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustdagi 835-I-son “Genotsid
jinoyatining oldini olish va bunday jinoyat uchun jazo to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi
qarori
.
Dostları ilə paylaş: