22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini
Konstitutsiyaga
xilof tarzda
o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan
hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini
Konstitutsiyaga
xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday
mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
(159-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi O‘RQ- 37-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni
Konstitutsiyada
nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan
zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston
Konstitutsiyasida
nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish
to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etilgan bo‘lsa,
—
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib
tashlash maqsadida fitna uyushtirish —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254- II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Fitna to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, ko‘rilgan
choralar natijasida fitnaning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasining uchinchi qismi .