Umumiy qoidalar


 -modda. Terrorizmni moliyalashtirish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

155 -modda. Terrorizmni moliyalashtirish
Terrorizmni moliyalashtirish, ya’ni terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat
ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni
yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik harakatini
tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga
ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har
qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga
qaratilgan faoliyat —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansabdor shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o‘z vaqtida
xabar berish yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar
maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa, basharti bu shaxsning
harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
(155 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 2-
moddasining 
to‘rtinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida
tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(156-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
184 -
moddasi
,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va
tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning
 18-bandi
.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat,
murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni
kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga
qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga
munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga
bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(156-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Ushbu moddaning
 birinchi 
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar:
3
3
3


a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda;
b) badanga og‘ir shikast yetkazgan holda;
v) fuqarolarni doimiy yashash joyidan zo‘rlik ishlatib ko‘chirgan holda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) mansabdor shaxs tomonidan;
(156-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-
avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
(156-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi O‘RQ-37-son 
Qonuni
tahririda — O‘R
QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin