Umumiy qoidalar


IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar
157-modda. Davlatga xoinlik qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el
davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud O‘zbekiston
Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam ko‘rsatish yo‘li bilan
O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa
salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish —
(157-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(157-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 
1

10-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-maydagi 849-XII-son “Davlat sirlarini
saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida”gi qarori 
2-bandi
.
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan
davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi o‘zining bunday hamkorligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga
ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar yetkazmagan bo‘lsa,
javobgarlikdan ozod qilinadi.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, o‘z qilmishi to‘g‘risida hokimiyat organlariga
ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning natijasida davlat
uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin