Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

160-modda. Josuslik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni
chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish
maqsadida qo‘lga kiritishi, yig‘ishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirig‘i
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa ma’lumotlarni
yetkazishi yoki yig‘ishi —
(160-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi
568-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(160-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 
10-moddasi
.
Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, o‘ziga yuklatilgan
topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda o‘z ixtiyori bilan
hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
O‘zining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan va qilmishi to‘g‘risida hokimiyat
organlariga ma’lum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.
161-modda. Qo‘poruvchilik
Qo‘poruvchilik, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-
siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib
yuborish, ularning sog‘lig‘iga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan
harakatlar —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(161-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandi 5.4.3-kichik bandining 
beshinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin