22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
UChINChI BO‘LIM IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish 164-modda. Bosqinchilik Oldingi tahrirga qarang. Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki
sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan
bo‘lsa, —
(164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda) Oldingi tahrirga qarang. besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Bosqinchilik:
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Bosqinchilik:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
242-moddasida
nazarda tutilgan
jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda;
g) badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254- II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254- II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30- apreldagi 6-sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari , 4 — 9 va 11-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi , 7-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari .