Umumiy qoidalar


-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

172-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish
Shaxsning mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk
talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi ko‘p miqdorda zarar
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari bo‘lmasa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(172-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi
PQ-4997-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh
boshqarmasi to‘g‘risida nizomning 
2
 va 
3-bobi
.
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil
etsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(173-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch


yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin
qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(173-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
61 -moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandining 
5.4.3-kichik bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining
7-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni
liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarori 9-bandining 
uchinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish
tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(174-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-137-sonli 
Qonuni
bilan o‘z
kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 532-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin