Umumiy qoidalar


-modda. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

177-modda. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o‘tkazishi shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(177-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va
uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
(177-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin