Umumiy qoidalar


-modda. Chet el valyutasini yashirish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

178-modda. Chet el valyutasini yashirish
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi
xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga o‘tkazilishi
lozim bo‘lgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


(178-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) g‘arazgo‘ylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan
bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-
II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 
12-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
, ikkinchi qismining “
a
” va “
v
” bandlarida nazarda tutilgan
jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik
muddatda yashirilgan chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari
hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(178-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin