22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
181-modda. Bankrotlikni yashirish Xo‘jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumot va hujjatlarni taqdim
etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib ko‘rsatish yo‘li bilan iqtisodiy jihatdan o‘zining to‘lovga
qodirligining yo‘qotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi
kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(181-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari . Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi
. (181-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21- maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi , ikkinchi xatboshisi . Oldingi tahrirga qarang. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang.