22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (176-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar,
shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli
qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish —
(176-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681- I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda) Oldingi tahrirga qarang. ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(176-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ- 389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254- II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi 1
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17- apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28- apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 24- bandining to‘rtinchi xatboshisi .