Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki
yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi
(ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy
manfaatlarini yoki boshqa
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga
qobiliyatsizlikni qasddan
yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki
yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga)
olib kelsa, kreditorlarga ko‘p
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki ikki yildan
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(181 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining
179 -moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi
Qonuni
,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini
aniqlash”
qoidalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni
qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(181 -modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(181 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Birinchi marta
jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(181 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: