22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
186 -modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki
muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa.
(186 -moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 24-sentabrdagi O‘RQ-182-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 391-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 186 -moddasi . O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p miqdorda
qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga kiritishga hokimiyat yoki mansab
vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik qilish, —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-yanvardagi 2-sonli “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-sentabrdagi 444-sonli “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6 va 7-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalarining V bo‘limi (“Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari”), O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori bilan tasdiilangan Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish faoliyatining pasporti . (186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 25-apreldagi 2007-yil O‘RQ-93-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 171-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1 1 1 1 1 1