yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha
chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y.,
03/20/629/1087-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu
moddaning
birinchi — to‘rtinchi qismlari
tarkibida kuchli ta’sir
qiluvchi moddalar
mavjud bo‘lgan dori vositalari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda qo‘llanilmaydi.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuniga
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(187-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son
Qonuniga
asosan
chiqarildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: