Umumiy qoidalar


 -modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

188 -modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy
faoliyat
Mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik
shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni
amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb
etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday
faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash, xuddi shuningdek
mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu faoliyatni reklama qilish, shu
jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek
Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda reklama qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik
shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni
amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb
etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday
faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash:
a) ko‘p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek
Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
1
1


(188 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin