Umumiy qoidalar


 -modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

185 -modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish,
ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-
chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday
qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(185 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(185 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(185 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va
qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida 
nizom
va “Tarkibida qimmatbaho
metallar mavjud bo‘lgan parchalar va chiqindilarni tayyorlash, qadoqlash, yetkazib berish tartibi, qabul
qilish topshirish shartlari, shuningdek iste’molchilar bilan ulardan qimmatbaho metallarni parchalar va
chiqindilar ko‘rinishida qabul qilganlik uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida”gi 
yo‘riqnoma
(ro‘yxat
raqami: 107, 12.10.1994-y.).
(185 -modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 6-apreldagi O‘RQ-85-sonli 
Qonuni
 tahririda
— O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 134-modda)
(185 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son 
Qonuniga 
asosan kiritilgan
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1
1
1
1
1



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin