184 -modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(184 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmish juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(184 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) (184 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi , O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175 -moddasi . 185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini
buzish, davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
1 1 1 1 2
(185-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida nizom va “Tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan parchalar va chiqindilarni tayyorlash, qadoqlash, yetkazib berish tartibi, qabul qilish topshirish shartlari, shuningdek iste’molchilar bilan ulardan qimmatbaho metallarni parchalar va chiqindilar ko‘rinishida qabul qilganlik uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami: 107, 12.10.1994-y.). Oldingi tahrirga qarang.