22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
183-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (183-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(183-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 178-moddasining birinchi qismi . Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish to‘g‘risidagi, dastlabki holatni tiklash
haqidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(183-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 178-moddasining uchinchi qismi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15- martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi . (183-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang.