22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
185 -modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish Oldingi tahrirga qarang. Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-
chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday
qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(185 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(185 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmishlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(185 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida nizom va “Tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan parchalar va chiqindilarni tayyorlash, qadoqlash, yetkazib berish tartibi, qabul qilish topshirish shartlari, shuningdek iste’molchilar bilan ulardan qimmatbaho metallarni parchalar va chiqindilar ko‘rinishida qabul qilganlik uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami: 107, 12.10.1994-y.). (185 -modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 6-apreldagi O‘RQ-85-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 134-modda) (185 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga asosan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1 1 1 1 1 1