22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
189-modda. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish Oldingi tahrirga qarang. (189-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Oldingi tahrirga qarang. (189-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish —
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(189-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va
yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(189-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13- fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalari va “O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish” qoidalari , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori , “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” II-bo‘limi 1-bobining 1 va 6-paragraflari (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.), “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish” qoidalari (ro‘yxat raqami 2219, 18.04.2011-y.). LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15- martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 6-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17- apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 15 va 16-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13 -bandi . (189-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Oldingi tahrirga qarang.